Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Men qonun ustuvor bo‘lishini istayman xolos, o‘lay agar boshqa maqsadim yo‘q..." — Rasul Kusherboyev
2.03.2021 09:55,  
1463

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev oliy ta’lim muassasasiga bitiruvchilari kira olmaganligi uchun maktab rahbarlarining ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi fikrlar haqida Telegram kanalida yozdi.

Xalq ta’limi vaziriga hurmatim baland va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Chunki ular horijning nufuzli ta’lim dargohlarida ta’lim olgan, dunyoqarashi keng, bilimli va afsuski  kam sonli ziyolilarimizdan. 

Sog‘ligim bilan bog‘liq muammolar tufayli telefon orqali muloqot qilishni cheklagan vaqtlarim meni qidirgan ekanlar, buning uchun uzr. Albatta hali muloqot qilishga ulguramiz, degan umiddaman.

Men oliy ta’lim muassasasiga bitiruvchilari kira olmaganligi uchun maktab rahbarlarining ishdan bo‘shatilishini qonunlar shu jumladan, Mehnat kodeksi talablariga to‘g‘ri kelmasligini,   bu noto‘g‘ri strategiya ekani va bu sabab bilan ishdan ketganlar bo‘lsa sud orqali muammoni hal qilishi mumkinligini bir intervyuda aytib o‘tgandim.

Men qonun ustuvor bo‘lishini istayman xolos, o‘lay agar boshqa maqsadim yo‘q. To‘g‘risi, bu sabab bilan ishdan ketgan birorta maktab direktoriniyam tanimayman.

Biroq hurmatli vazirimiz meni buning uchun populizm va qator va hokazo masalalarda ayblabdilar. 

Agar demokratik davlatlar qatori qonun ustuvorligini ta’minlash va muammoni sud orqali hal qilish populizm bo‘lsa unda men emas avvalo qonunlar va Mehnat kodeksi bosh populist bo‘lib qolmaydimi? Men "tut prichem" agar qonunlar shunday va kamiga sud, degan  hokimiyatimiz bo‘lsa. 

Yaqinda demokratik jamiyatlardagidek  o‘z sha’nini qonunlarga asosan sud orqali himoya qilishga harakat qilgan Xalq ta’limi vazirligi va ilg‘or horij ta’lim dargohi bitiruvchisi, demokrat vazirimiz buni yaxshi bilsalar kerak. 

Faqat biror marta deputat, o‘qituvchi, maktab direktori bo‘lib ko‘rmagan ayrimlarning  deputatlarni dushman, deb qarash fikri ba’zan insonni sal chalg‘itadi: kim bo‘libdi o‘zi bu deputatlar?

Men xato o‘ylayotgan va fikrlayotgan bo‘lsam vazir va butun vazirlik tizimidan, agar ishchanlik obro‘siga putur yetib qolgan bo‘lsa minglab o‘qituvchilarimizdan uzr so‘rayman. Buning uchun sudni ovora qilib o‘tirmaylik. 

Biroq baribiri ta’limmi, sog‘liqni saqlashmi, huquqni muxofaza qilishmi qo‘yingki barcha sohada avvalo qonunlarga so‘zsiz rioya qilish, inson huquqlarini ta’minlashni bosh maqsadga aylantirishga amalda to‘liq erishmas ekanmiz biz yana ko‘p yillar orqada qolishimiz mumkin, degan fikrimdan qaytmayman. 

Shuningdek, intervyuda oliy ta’limga o‘quvchisi kira olmaganligi uchun maktab direktorlarini ishdan bo‘shatish Mehnat  kodeksi va boshqa qonun talablariga zid, bu noto‘g‘ri strategiya ekanligi  to‘g‘risidagi fikrlarim asossiz bo‘lsa, bunga ham istagan vaqtda raddiya berishga tayyorman. Faqat asoslab berilsa yoki qonunlar o‘zgartirilsa bo‘ldi.

Har doimgidek bu gaplar odamlarga yoqadimi, yo‘qmi bunisi qiziqmas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан