Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Menga maqtov kerak emas. Qarsak eshitib ketish oson, lekin ngatija bo‘lmaydi — Prezident
6.06.2020 13:31,  
538

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident xalq bilan ochiqcha gaplashib, muammolarni birgalikda hal etish, odamlarning og‘irini yengil qilish maqsadida kelganini ta’kidladi.

- Men qisqa, sizlar ko‘proq gapirsalaringiz to‘g‘ri bo‘ladi. Maqtov kerak emas. Prezidentga eng katta maqtov bo‘lib bo‘lgan - bu xalq ishonchi. Hali endi birinchi qadamlarni qo‘yyapmiz. Kelib, qarsak eshitib ketish mengayam oson. Lekin bundan natija bo‘lmaydi. Tumanlarga o‘zim borishimning sababi - odamlarning yashash sharoitlarini yuragimdan o‘tkazib, aniq choralar ko‘rish, islohotlar uzoq-uzoq joylarda ham natija beryaptimi, quyi tizimdagi rahbarlar sadoqat bilan, jon kuydirib ishlayaptimi, degan savollarga javob topish. Har kuni bunday uchrashuv bo‘lmaydi. Achchiq-achchiq masalalarni qat’iy qo‘yinglar, - dedi Prezident.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан