Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Menga qorovul bo‘ladigan vazir kerak emas». Prezident suv xo‘jaligi vazirini tanqid qildi. Shuhrat G‘aniyev ham tanbeh eshitdi
17.11.2020 03:35,  
1184

13 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatda suvga mas’ul rahbarlar faoliyati tanqid qilindi va barchasi ishdan olinishi lozimligi ta’kidlandi, deya xabar bermoqda Daryo.uz.

Davlat rahbari hududdagi irrigatsiya va melioratsiya holatini keskin tanqid qilgan. Noto‘g‘ri sug‘orish oqibatida yerlarning 45 foizi sho‘rlangani ta’kidlandi. Ayniqsa, bu borada Muborak, G‘uzor, Nishon va Kosonda ahvol juda og‘ir. 38 ming gektar maydon foydalanishdan chiqib ketgan. Tomchilatib sug‘orish jami sug‘oriladigan maydonning bor-yo‘g‘i 2,4 foizida joriy qilingan.

«Viloyatdagi ekinlarni sug‘orishga 20−25 foiz ko‘p suv sarflangan. Nimaga yer sho‘rlangan? Nimaga desangiz, suvning hisobi yo‘q. O‘zi tahlil qilinsa, O‘zbekiston sharoitidan eng qimmat narsa bu — suv. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyatida. Viloyatdagi yerlarga o‘zimiz ko‘p suv berib sho‘rlantirayapmiz. Nimaga desangiz, suv xo‘jaligining na birorta rahbari bor, na o‘z ustida ishlashi bor, janob Hamrayev, [сув хўжалиги вазири] na fikri. Yuribsan bu noinsoflar bilan suv xo‘jaligiga katta-katta binolar qurib. Umring uzoq bo‘lmaydi agar Qashqadaryoda Qoraqalpog‘istonda aytgan narsang bo‘lmasa. Menga qorovul bo‘ladigan vazir kerak emas», — degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayevga Qashqadaryoda suvga mas’ul rahbarlarni ishdan olish bo‘yicha topshiriq berdi. Gap taxminan, ayni kunda Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Qurbonov haqida bormoqda.

«Eski, ishlamaydigan odamlarni suvga rahbar qilib qo‘yib, ura-ura qilib yursang, seniyam haydavoraman, ularniyam. Menga kerak emas bunaqa rahbarlar. Yoshlarni olib kelib qo‘yaman. Hammang katta-katta oylik olib yuribsan, ammo natija yo‘q. Ertaga xalqqa nima deb javob beramiz. Hammasini ishdan olasan, janob Hamrayev, hammasini. Ishlayman degan odamni qo‘yasan suvga», — deya qayd etgan prezident.

Davlat rahbari bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevga murojaat qilar ekan, viloyatda suvga mas’ul rahbarni tayinlashda o‘zboshimchalik qilinganini ta’kidlab, Qashqadaryoda ham Qoraqalpog‘istonda qilingan ish bajarilmasa, unga ham chora ko‘rishini ma’lum qilgan.

«G‘aniyev, agar Qashqadaryoda ham Qoraqalpog‘istondagi holat bo‘lmasa, sening ham chorangni ko‘raman», — degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident, shuningdek, viloyatdagi 21,6 ming kilometr avtomobil yo‘lining 8,7 ming kilometri bugungi kunda yaroqsiz holga kelganini ta’kidladi. Hududdagi 1,5 mingta ko‘prikning 86 tasi umuman foydalanib bo‘lmaydigan holatga kelib qolgan.

«Qishloqda yashayotgan odamlar rozimi? Menga kelgan xatlarning ko‘pida ko‘prik qurib bering, prezident buva, deb yozishgan», — deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Daryo.uz.

Mazkur yig‘ilishning o‘zida prezident Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev «sharmanda qilgani» haqida gapirgan. «Janobi Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinayapti hammasi. Qashqadaryo zo‘r, gazi bor, deb yuravergan ekanmiz. Viloyat respublika gazining 63 foizini beradi. Ammo odamlarda gaz yo‘q, suv yo‘q. Qani adolat?», — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан