Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Merilin Monro qabri yonidagi joy 2 million dollarga sotuvga qo‘yildi
22.08.2021 21:46,  
194

AQShning Los-Anjeles shahridagi “Pierce Brothers Westwood Village Memorial Park” qabristonida joylashgan qabr 2 million dollarga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu qabr avval amerikalik mashhur bastakor Jerri Xermanga tegishli bo‘lgan. U qabrni 1997 yilda sotib olgan. Ammo, bastakor 2019 yilda vafot etgach, qarindoshlari uni Nyu-Jersida onasining qabri yoniga dafn qilgan. Bo‘sh qolgan qabr esa qarindoshlari tomonidan sotuvga qo‘yilgan.

Pierce Brothers Westwood Village Memorial Park in Los Angeles

Bu qabrning ahamiyati shundaki, unda dafn yetilgan odam amerikaning mashhurlari bilan “qo‘shni” bo‘lishi mumkin. Qabr yonida amerikalik mashhur aktrisa Merilin Monro va “Playboy Enterprises” kompaniyasi asoschisi Xyu Xefnerlar dafn etilgan. Shu sababli ham qabristondagi bu joy 2 million dollarga baholangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан