Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Messi 2019 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritdi
3.12.2019 08:26,  
271

France Football nashri o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, «Barselona» va Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2019 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritdi.

Bu Messi faoliyatidagi oltinchi «Oltin to‘p»dir. U bu borada ham «Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Messi «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga imkoniyat qoldirmadi.

O‘tgan yili bu mukofot «Barselona» va Xorvatiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrichga nasib etgandi.

Avvalroq Messi FIFA tomonidan 2018/2019 yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi – The Best sovrinini ham qo‘lga kiritgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан