Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi
21.10.2021 10:07,  
36

Yer osti va yer usti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi va tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK mutasaddilari ishtirokida AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, prezident qaroriga muvofiq metropoliten uchun yil oxirigacha 5 ta, 2022 yilda 14 ta to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilinadi va poyezdlarning soni 80 taga yetkaziladi. Natijada metro poyezdlarining o‘rtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqarishi aytilgan.

Qarorga muvofiq, 32 xil turdagi ehtiyot qismlar va uskunalarning xarid qilinishi eskirgan 44 ta metro vagonlarini qayta ta’mirlab, ularning kunlik ishlash soatini uzaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, yo‘llarda texnik sabab bilan turib qolish holatlari keskin kamayadi, harakat xavfsizligi ta’minlanadi.

Zamonaviy reklama vositalari (elektron displey) o‘rnatilishi hisobiga reklamalar sonini 3−4 barobarga oshirish rejalashtirilgan.

Qarorga asosan metropolitenni uzoq muddatli 2022−2030 yillarga mo‘ljallangan tizimli rivojlantirish imkoniyati paydo bo‘lib, uning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, metro vagonlarini ishlab chiqarilishi, metro liniyalarini yangicha loyihalash va qurishda yangicha yondashuv natijasida sarf-harajatlarni 20−30 foizga kamaytirish mo‘ljallanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан