Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Metro qurilishidagi beton bo‘lagi Afrosiyob poyezdi oynasini dars kettirdi
25.06.2020 23:30,  
629

Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi «Afrosiyob» tezyurar yo‘lovchi poyezdining elektrovoz oynasi qattiq jism kelib tegishi natijasida darz ketdi, deya xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

Xabarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa haqida Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga 23 iyun kuni soat 20:05 da IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish bataloni navbatchisi telefon orqali xabar bergan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, poyezdning old oynasiga Sergeli tumanining «Choshtepa» mahallasi hududida beton bo‘lagi kelib urilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, beton bo‘lagi Toshkent metropoliteni yo‘lida olib borilayotgan qurilish vaqtida — temiryo‘l izining ustidan o‘tuvchi metropoliten ko‘prigiga beton nasosi orqali quyilgan qorishma qotmaganligi sababli tezyurar poyezdning old oynasiga kelib urilgan.

Hozirda Toshkent—Janubiy vokzalida transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан