Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






MIB «Ilhom» teatri yonidagi binoni auksionga qo‘ydi
24.12.2021 13:15,  
120

Lotning boshlang‘ich bahosi — 37,32 mlrd so‘m. Arizalar 22 yanvargacha qabul qilinadi — bu haqda ’Spot’ xabar bermoqda.

Majburiy ijro byurosi «Ilhom» teatri yonidagi binoni auksion savdosiga qo‘ydi.

5 qavatli bino 0,15 gektar maydonda joylashgan. 2019 yil iyul oyida qurilgan binoning umumiy maydoni 4 429 kv.metrni tashkil etadi.

Lot tavsifida aytilishicha, binolar ta’mir talab. Suratlarga qaraganda, ob’yekt qurilishi to‘liq yakunlanmagan.

Lot xo‘jalik sudi tomonidan sotuvga qo‘yilgan (4−1001−2104 / 3461-sonli ijro hujjati). Bino avval sotishga harakat qilingan, ammo MIB talabiga binoan savdodan olib tashlangan.

Boshlang‘ich baho — 37,32 mlrd so‘m. Arizalar 22 yanvargacha qabul qilinadi, auksion 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан