Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






MIB tadbirkor foydasiga 210 ming dollar undirib berdi
26.11.2020 13:14,  
151

Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining Kun.uz’ga taqdim qilgan ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahar Iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, Yashnobod tuman bo‘limiga qarzdor jamiyatdan undiruvchi korxona foydasiga jami 210 ming AQSh dollari miqdorida qarz undirish haqidagi ijro ishi kelib tushgan.

Ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklar o‘rganilib, qonunda belgilangan tartibda band solingan va undiruvni qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklarga qaratish yuzasidan majburiy ijro choralari ko‘rilgan. 

Shuningdek, davlat ijrochisi tomonidan qabul qilingan qarorga asosan tegishli bankka chet el valyutasini sotib olish majburiyati yuklangan bo‘lib, to‘lov topshiriqnomaga asosan, qarzdor jamiyatdan undiruvchi tadbirkor foydasiga jami 210 ming AQSh dollari miqdoridagi qarzdorlik 2 mlrd.128 mln. 967 ming. 400 so‘mdagi qiymatda to‘liq undirilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан