Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






MIB va boshqa «organ»larga tushayotgan to‘lovlarning katta qismi davlat byudjetiga tushmasligi to‘g‘rimi?
29.05.2019 09:35,  
45

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 50-moddasiga asosan davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliq va boshqa majburiy to‘lovlar orqali shakllanishi qat’iy belgilangan. Shunga qaramasdan, fuqaro va tashkilotlar tomonidan MIBva boshqa huquq-tartibot organlariga to‘lanayotgan jarima va majburiy to‘lovlarning juda katta qismi davlat byudjetini chetlab tashkilotning o‘z tasarrufida qolishi belgilangan.

Masalan, Vazirlar Mahkamasining 10.07.2017 yildagi 484-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Iste’molchilarni elektr energiya, gaz, ichimlik suvidan uzib qo‘yish tartibi» to‘g‘risidagi nizomning 23-moddasida:

«Elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda iste’molchi-jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikki baravari (405 460.00 so‘m) miqdorida, iste’molchi-yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari (2 027 300,00 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi, ushbu mablag‘lar qayta ulashni amalga oshirgan Byuro bo‘linmasi hisob raqamiga o‘tkaziladi».

Nizomning 241 ­– moddasida esa:

«Iste’molchilarni elektr, gaz, ichimlik suviga qayta ulashdan tushgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:

·        25 foizi ― Byuro markaziy apparatining hisob raqamiga o‘tkaziladi;

·        25 foizi ― Byuroning tegishli hududiy boshqarmasi hisob raqamiga o‘tkaziladi;

·        50 foizi ― Byuroning tumanlar (shaharlar) bo‘limlari ixtiyorida qoladi» - deb ko‘rsatilgan.

Aholi va tashkilotlar tomonidan to‘lanayotgan ushbu majburiy to‘lovlarning davlat byudjetiga yo‘naltirmasdan to‘liq majburiy ijro byurosi ixtiyorida qolayotganligi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelmoqda. Byuro xodimlari davlat va xalq manfaatlarini himoya qilish va davlat byudjetini to‘ldirish uchun emas, balki o‘z tashkilotlarining shaxsiy hisobini to‘ldirish maqsadida iste’molchilarni jarimaga tortgan bo‘lmoqda.

Jarima va majburiy to‘lovlarning davlat byudjetiga yo‘naltirilmaydigan qismi shu darajada ko‘pki MIB bo‘limlari, viloyat prokuraturalari, DXX boshqarmalari va boshqa huquq-tartibot organlarida to‘plangan mablag‘lar omonat sifatida tijorat banklariga qo‘yilgan va ular bo‘yicha daromad olinadi.

Huquq-tartibot organlarining banklarga omonat qo‘yib, daromad olayotganligi ularning tijorat bilan xam shug‘ullanayotganligidan dalolat beradi va ularning mustaqil nazorat qiluvchi organ sifatidagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini alohida aytib o‘tish kerak.

P.S. Jarima va boshqa majburiy to‘lovlarning juda katta qismi davlat byujetiga o‘tmasdan huquq-tartibot tashkilotlarining o‘z tasarrufida qolayotganligining qonuniy ekanligiga shubha yo‘q, ammo ushbu qonunlarning davlat va xalq manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinganligiga asosli shubha mavjud.

Mirzo Subxanov

msubxanov.blogspot.com

(asosiy foto: xabar.uz)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан