Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaro ozodlikdan mahrum qilindi
5.02.2022 17:29,  
107

Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari sud va boshqa organ qarorlarini ijro etish orqali fuqarolar yoki jamiyat manfaatini himoya qiladi. Biroq, fuqarolarimiz qarzdorliklarini bartaraf qilish o‘rniga davlat xizmatchilariga ko‘l ko‘tarish orqali masalani o‘z tomoniga hal qilish mumkin deb o‘ylaydi. Aslida unday emas, davlat xizmatchisining qonuniy harakatiga to‘sqinlik qilish uchun qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik mavjud.

MIB Chiroqchi tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar davlat ijrochilari 28.10.2021 yilda FIB Chiroqchi tuman sudining ijro varaqasiga asosan da’vogar A.Cho‘lliyevning foydasiga 113 mln. 330 ming qarzdorlikni undirish maqsadida javobgar A.Mardonovning yashash uyiga borishadi. Qarzdorlikni undirish maqsadida uning hovlisida turgan bir bosh otni xatlamoqchi bo‘lishganida, qarzdor A.Mardonovning akasi J.Mardonov xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, dastlab davlat ijrochisi M.Xurramovni, so‘ngra ularni ajratish maqsadida kelgan davlat ijrochisi U.Xidirovlarni urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi sudga yuborilgan. 

2022 yilning 14 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi binosida bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudlanuvchi J.Mardonov o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan qattiq pushaymonligini, kelgusida bunday jinoyatga qo‘l urmasligini, oilaviy va moddiy sharoiti og‘ir ekanligini bildirib, o‘ziga nisbatan yengillik berilishini so‘radi. 

Sudning shu kundagi hukmiga ko‘ra, J.Mardonov O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан