Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Microsoft dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Uning qiymati qariyb 2,5 trln dollarga yetgan
31.10.2021 08:25,  
43

Microsoft kompaniyasi Apple’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi, deb xabar beradi Meduza.

29 oktyabrdagi savdolarda Microsoft aksiyalari 1 foizdan ortiqqa qimmatlagani sabab kompaniyaning umumiy kapitalizatsiyasi 2,46 trillion dollardan oshib ketgan. O‘z navbatida, Apple aksiyalari taxminan 4 foizga tushib ketdi: kompaniyaning qiymati 2,41 trillion dollarni tashkil etmoqda.

Microsoft aksiyalari so‘nggi chorak bo‘yicha yaqinda chiqqan hisobot fonida ko‘tarilmoqda — kompaniya daromadi tarixiy rekordini o‘rnatgan. Tahlilchilarning hisoblashicha, yil oxiriga qadar natijalar tez rivojlanayotgan bulutli biznes hisobiga yaxshilanadi.

Apple’ning chorak hisobotlari esa tahlilchilar kutganidan ham yomon bo‘lib chiqqan.

Ma’lumot uchun, 2021 yil boshidan buyon Microsoft qiymati qariyb 50 foizga o‘sgan bo‘lsa, Apple’da ushbu ko‘rsatkich 16 foizni tashkil etdi. So‘nggi o‘n yillik ichida Microsoft eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida Apple’ni bir necha bor ortda qoldirdi, ammo bu har safar uzoq muddat davom etmagan. Shu kabi holat so‘nggi bor 2020 yilning yozida qayd etilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан