Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Microsoft kompaniyasi Word, Excel va PowerPoint'ning yangi dizaynini taqdim etdi (foto+video)
23.07.2020 17:24,  
537

Microsoft 365 ofis to‘plamidagi barcha ilovalarning interfeysi o‘zgarmoqda. Ularning barcha qurilmalar – kompyuter, planshet va smartfonlarga mo‘ljallangan dasturlari yangicha dizayn kasb etyapti.

Ofis ilovalarining yangi dizaynidagi asosiy jihat – minimalizm hamda foydalanuvchining diqqati hujjatning kontentiga qaratilishidir. Microsoft bunda birinchi o‘rinda oynaning yuqori qismida joylashuvchi lentani to‘liq qayta ishlab chiqqan. U endi ekranda kamroq joy oladi va ayni damdagi sharoitga qarab moslashadi – faqat hozir kerakli funksiyalar ko‘rinadi va hokazo. Boshqa sozlamalarni tezkor topish uchun esa qidiruv oynachasi hamisha ko‘rinib turadi.

Microsoft o‘z ofis ilovalarini Fluent Design dizayni standartlariga moslashtirgan. Endi ularning interfeysida shaffof unsurlar va «sokin» ranglar ko‘proq.

Shuningdek, dasturchilar oyna tepasidagi katta rangli tasmadan voz kechishdi. Microsoft ofis to‘plamidagi har bir ilova interfeysidagi shu polosa bilan ajralib turardi: Word'da ko‘k, Excel'da yashil, PowerPoint'da esa qizil bo‘lardi. Yangi dizaynda esa ilovani ekran burchagidagi ikonka orqali farqlash mumkin bo‘lyapti.

Shuningdek, kompaniya bu to‘plamdagi barcha dasturlarning interfeysini bir xillashtirishga harakat qilgan; ular turli operatsion tizimlardagi har xil qurilmalarda deyarli bir xil ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Office ilovalarining yangi dizayni barcha foydalanuvchilarga qachon taqdim etilishini Microsoft hozircha aytmagan. Buning uchun bir yildan ikki yilgacha vaqt kerak bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан