Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Migrantlarga o‘zini band qilganlar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash va pensiyani hisoblash tartibi qo‘llaniladi
16.09.2020 16:11,  
270

Avval xabar qilganimizdek, «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident qarori (PQ–4829-son, 15.09.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha ishlash o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi.

2021 yil 1 yanvardan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi»ga kiritilgan kam ta’minlangan oila a’zosi xorijda vaqtincha ishlab qaytib kelganda:

- BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiya to‘lanadi

- Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensatsiya qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан