Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Mikrokreditbank» va «Xalq banki»ning sobiq raisi qochayotganda qo‘lga olindi​
19.02.2020 15:25,  
6238

ATB “Mikrokreditbank” boshqaruvi sobiq raisi Murodullo Eshmatovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Bu haqda “jahon.uz” sayti o‘z manbalariga tayanib, xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, “bankir” mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi, o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish va pora olishda gumonlanmoqda. Alohida qayd etilishicha, M. Eshmatov o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ochilganini bilgach, qochishga urinadi, “...ammo olib borilgan tezkor tadbir natijasida u qo‘lga olingan va vaqtinchalik ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan”.

Murodullo Eshmatov

Murodulla Eshmatov faoliyati davomida Markaziy bank raisi o‘rinbosari, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruv raisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagani aytiladi.

U 2019 yilning oktyabr oyida “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi etib tayinlangan edi. Ko‘rinadiki, oxirgi ish joyidagi faoliyati to‘rt oyga yetmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан