Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Milan"ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi
7.01.2021 10:31,  
185

"Milan"ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga "Yuventus" barham berdi Italiya A Seriyasida 16-tur bahslari o‘z yakuniga yetdi. So‘nggi bellashuv "Milan" hamda "Yuventus" jamoalari o‘rtasida kechdi. "San Siro" stadionida o‘tkazilgan o‘yin mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisob 18-daqiqada Federiko Kьyeza tomonidan ochildi. Dibalaning zargarona uzatmasidan keyin qulay pozisiyaga chiqib borgan futbolchi Donnarummani ojiz qoldirdi. Milanliklar bu golga birinchi taymdayoq javob qaytardi. Kalabriyaning zarbasi darvozaning yuqori burchagidan joy oldi. Biroq ikkinchi bo‘limni boshqa darajada o‘tkazgan turinliklar yana hisobda oldinga o‘tishni uddaladi. Bu safar ham Kьyeza "katta sahnaga chiqdi". Muvozanatni tiklashga urinayotgan "rossonerilar"ning barcha umidini 76-daqiqada MakKenni yo‘qqa chiqardi. Chap qanotdan reyd uyushtirgan Kulusevski sherigini to‘p bilan ta’minladi va Ueston yaqin masofadan darvozani ishg‘ol etdi.

Shu tariqa, "Milan"ning 27 o‘yin davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasini "Yuventus" to‘xtatdi. Peshqadamni taslim etgan "keksa senora" hisobidagi ochkolar soni 30 taga yetdi va ular turni 4-pog‘onada yakunladi. "Rossonerilar" 37 ochko bilan hamon karvonboshilik qilib kelmoqda.

Milan – Yuventus 1:3
Gollar: 0:1 – 18 Kьyeza, 1:1 – 41 Kalabriya, 1:2 – 62 Kьyeza, 1:3 – 76 Makkenni.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан