Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Millat Mustaqilligining mezoni
29.08.2020 22:14,  
689
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganiga shu hafta 29 yil to‘ladi. Bir asrning sal kam uchdan bir qismi! Jiddiy davr. Mustaqilligimizga qadar bir yarim asr Rossiya nazorati ostida, mustamlakasida, tarkibida bo‘ldik. Asrning uchdan bir qismi o‘tib, hali ham Rossiya orbitasidan chiqib keta olmadik.
 
Axborot mustaqilligidan mutlaq uzoqmiz: O‘zbekiston davlatining senzura va total nazorat siyosati natijasida hattoki jamiyatimizning minimal ehtiyojlarini qondira oladigan axborot siyosati shakllanmadi. Ko‘rinib turibdiki, Moskvaning axborot bosimi borgan sari kuchayib boradi. O‘zbekistonni o‘z gravitatsiyasiga tortish qobiliyati kuchaysa kuchayadi, pasaymaydi.
 
Geosiyosiy mustaqilligimizga bosim, endi ikki tomonlama kuchayib boradi. Shu paytgacha, Markaziy Osiyoni, jumladan O‘zbekistonni, asosan Rossiya “o‘zi mafaatlari hududi” sifatida ko‘rardi. Endi, Xitoy Xalq Respublikasi ham mintaqada o‘z xavfsizligi va manfaatlari bilan bog‘liq strategiyasini parvarishlab bormoqda. Bu ikki davlat, turkiy millatlar va mintaqalarning eng katta mustamlakachilari hisoblanadi. Ikkalasi mustamlaka qilish va assimilatsiya borasida bir maqsadni ko‘zlovchi ikki xil modelni namoyon etadi. Tashqi siyosatda dunyodagi eng katta avtokratiya markazlari va global himoyachilari, dunyodagi yirik o‘ntalikka kiruvchi islomga qarshi markazlardan hisoblanishadi.
 
Vaziyat ziddiyatli. Aynan mana shu ikki davlat O‘zbekistonning birinchi va ikkinchi savdo-iqtisodiy, moliyaviy va sarmoyaviy, siyosiy va geosiyosiy hamkorlari hisoblanadi. Biri, O‘zbekistonning ichida har qadamda ko‘rinsa, ikkinchisi, mutlaq ko‘rinmaydi.
 
Rossiya – o‘tgan ikki asrda bizni nazorat qilgan bo‘lsa, kelajakdagi asrlarda bizni nazorat qilishga XXR vazminlik bilan o‘z rejalarini amalga oshirib bormoqda. Bundan keyin nazorat qilish uchun kuch ishlatish zarur bo‘lmaydi. Globallashuv boshqaruv va nazoratning yangi instrumentlariga imkon beradi. Yangi davrda millat nazorat ostiga tushgach, ongli ravishda, isyonlarsiz, qarshiliklarsiz taslim bo‘lib boradi.
 
Keyingi yillar Rossiyani kuzatib, juda ko‘plab o‘ta salohiyatli mutafakkirlar, intellektuallar Kremlga nisbatan muxolifatda ekanligini ko‘raman. Piontkovskiy, Solovey, Illarionov, Bikov va h.k. – yirik g‘oyalar va qadriyatlar generatorlari, bugun butun boshli Rossiya jamiyatini Putin avtokratiyasiga qarshi ruhlantirmoqda, kelajakda bo‘ladigan ulkan o‘zgarishlarga ma’naviy asoslar yaratishmoqda.
 
Bu o‘zgarishglarga O‘zbekiston ham tayyorlanishi kerak. Bir tomondan, O‘zbekiston ichida kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonch muhitini kuchaytirish kerak. Bu ishlarni amalga oshirish uchun, yakkashaxslashgan va o‘ta markazlashgan boshqaruv modelidan ancha chekinish lozim bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, Rossiyada o‘zgarishlar boshlanganida, O‘zbekiston o‘zining va mintaqaning geosiyosiy, hamda axborot mustaqilligi uchun, jiddiy loyihalarni tezlashtirishi kerak.
 
Globallashuv yakka shaxslar uchun keng tanlov imkoniyatlari davri bo‘lsa, davlatlar va sivilizatsiyalar uchun holsizlantiruvchi raqobat davri hisoblanadi. Bu davrda o‘zliklar muttasil to‘qnashuvda va zaiflari yutilish holatida bo‘ladi. O‘zbekiston davlat va millat sifatida o‘z Mustaqilligini asrashi va kengaytirishi uchun har bir o‘zbekistonlik erkin, farovon va malakali bo‘lishi kerak. Hozircha esa, diktaturani Konstitutsiya va huquqqa da’vat etgani uchun vatandan siqib chiqarilgan shaxslarning elementar huquqlari ham tiklangani yo‘q!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан