Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliarder Alisher Usmonov Sardiniyaga €500 ming xayriya qildi
31.10.2020 12:53,  
482

Milliarder Alisher Usmonov Sardiniyaga (Italiya) COVID-19 bilan kurashish uchun 500 ming yevro xayriya qildi. Avvalroq ishbilarmon Italiya bilan “alohida munosabatlarga ega” ekanligini aytgan edi, deb yozmoqda Forbes.

USM Holdings asoschisi va asosiy aksiyadori Alisher Usmonov Italiyaning Sardiniya mintaqasiga 500 ming yevro xayriya qildi. Bu haqda Tissali nashri milliarderning Sardiniya Prezidenti Kristian Solinasga yuborgan xatiga asoslanib xabar bermoqda.

USM xoldingi vakili Forbes’ga xayriya qilganligini tasdiqladi, ammo tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortdi.

«So‘nggi 30 yil ichida va hozirda ushbu go‘zal orolda meni iliq kutib olish uchun sizdan va barcha Sardiniya xalqidan minnatdorman. Mening kamtarin hissam, pandemiya bilan zararlanganlar va Sardiniyada fidokorona kurashayotganlar uchun qila oladigan eng kam ishim. Sardiniya hukumatiga ushbu ezgu ishda yordam berish uchun butun qalbim bilan yana 500 ming yevro beraman. Sizdan ushbu pulni vatandoshlaringizning sog‘lig‘i va hayotini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish dasturiga yuborishingizni so‘rayman", - deb yozadi Usmonov Tiskali tomonidan keltirilgan maktubda.

Usmonov Sardiniyada ko‘chmas mulkka egalik qiladi. Tadbirkor Forbes’ga bergan intervyusida muntazam ravishda Italiyaning mazkur mintaqasiga tashrif buyurishini aytdi.

"Men hali ham Italiya bilan alohida aloqam bor - deyarli butun yozni Sardiniyada o‘tkazaman", - dedi Usmonov. 2018 yil sentyabr oyida u Sardiniyaning Arsaken kommunasi faxriy fuqarosi bo‘ldi.

Mahalliy L'Unione Sarda gazetasi milliarder pandemiyaning birinchi to‘lqinida COVID-19’ga qarshi kurashish uchun mintaqaga mablag‘ ajratganligini ta’kidlamoqda. Xayriya miqdori aniq ko‘rsatilmagan.

Usmonov vatani O‘zbekistonga ham yordam bergan. 31 iyul kuni u koronavirus kasallari bilan ishlaydigan shifokorlarni mukofotlash uchun mamlakatga 100 milliard so‘m (10 million dollar) ajratgani ma’lum bo‘lgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан