Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliarder Blumberg saylovoldi tashviqotlar uchun $1 mlrd sarflashga tayyor
13.01.2020 17:54,  
253

Milliarder Maykl Blumberg o‘zi yoki Demokratik partiyadan bo‘lgan amaldagi prezident Donald Trampning har qanday raqibining prezidentlik saylov kompaniyasi uchun $1 mlrd sarflashga tayyor, deb yozmoqda New York Times. Gazetaning qayd etishicha, gap demokratik partiyani hokimyat tepasiga chiqishi uchun amalga oshiriladigan keng miqyosli saylovoldi kompaniyasi haqida bormoqda.

Blumberg allaqachon siyosiy reklamalar va ularni tashkillashtiradigan yuzlab kishilarni ishga yollashda $200 million xarjlagan. Taqqoslash uchun: bu pul Barak Obamaning 2012 yilgi butun saylovoldi tashviqotlari uchun sarflagan pul miqdoriga teng.

Agar Blumberg Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘la olmasa, pullar Trampning qolgan raqiblari — Berni Sanders yoki Elizabet Uorrenning kompaniyasiga sarflanadi.

NYT’ning yozishicha, Blumbergning imkoniyatlari unchalik katta emas. Gazetaning kundalik so‘rovnomalarida uni 5% amerikaliklar qo‘llab – quvvatlaydi.

Blumberg kim o‘zi?

Amerikaning mashhur nashri Bloomberg’ning asoschisi va bosh direktori.

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra boyligi $58 mlrd.

2002-2013 yillarda Nyu-York shahri hokimi (meri) lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2019 yil 24 noyabrda prezidentlik saylovida nomzodi qo‘yilishini ma’lum qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан