Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Millioner qallig‘ini yo‘ldan uradigan shilqimga katta mukofot taklif qildi
8.08.2019 17:25,  
18

Lyuks tovarlarni sotadigan HushHush platformasiga “professional shilqim”ni topib berish haqida murojaat kelib tushdi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar qildi.

Ismi sir saqlanishini so‘ragan mijoz qallig‘ining vafodorligini sinab ko‘rmoqchi. Erkakda sevgilisi  to‘yni tezlashtirishi va nikoh shartnomasi tuzilishiga qattiq qarshilik ko‘rsatishi shubha uyg‘otdi.

E’lon muallifi yoshi katta ekanligini ham ma’lum qildi.

Malakali shilqim roliga mos keladigan yosh yigitga 15 ming funt sterling (18,5 ming dollar), hashamatli uyga va avtomobildan foydalanish huquqi va shaxsiy harajatlar uchun mablag‘ beriladi.  

Nomzod yaxshi jismoniy tayyorgarlik, qaddi-basti kelishgan, chiroyli yigit bo‘lishi talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан