Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy antidoping agentligi sportchilarga maxsus bayonot bilan chiqdi
21.04.2020 16:41,  
109

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi karantin davrida uy sharoitida mashg‘ulotlar olib borayotgan sportchilardan doping qoidalarini buzmaslik va ularga qat’iy rioya qilish bo‘yicha muhim bayonot bilan chiqdi.

“Ma’lumki, butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi ko‘plab sport tadbirlarini, jumladan to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqalari bo‘lmish 2020 yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining o‘tkazilishini keyingi yilga surilishiga sababchi bo‘ldi.

Bu sportchilarimiz, ularning murabbiylari hamda tibbiyot mutaxassislariga 2021 yilda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan O‘yinlarga yanada samarali va puxta tayyorgarlik ko‘rishiga imkon yaratadi. Hozirda barcha sportchilarimiz uy sharoitida mustaqil ravishda, murabbiylar hamda shifokorlarning onlayn nazorati va ko‘magi ostida mashg‘ulotlarni bajarishda davom etishmoqda.

Aziz sportchilar, Qadrli murabbiylar!

Karantin davomida o‘z sport qobiliyatingizni saqlash va yanada yuksaltirish maqsadida yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishingizni, sport tartibiga qat’iy rioya qilishingizni hamda sportda taqiqlangan dori-darmonlar va moddalarni iste’mol qilishdan yiroq bo‘lishingizni so‘raymiz. Agarda sportchilarimiz orasida bu kabi dori-darmonu moddalarni qo‘llab, ular qisqa muddat ichida inson tanasidan chiqib ketadi deb o‘ylaydiganlar bo‘lsa, ular adashishadi.

Yangilik emaski, antidoping laboratoriyalarning zamonaviy usullari yordamida 3-4, hattoki 7-8 yil avval iste’mol qilingan doping-moddalari aniqlanib kelmoqda. Shuning uchun ogoh bo‘ling, o‘z mahoratingiz va kuchingizga, halqimiz duosiga va muxlislarning olqishlab sizni qo‘llab-quvvatlashiga ishoning. Adolatli sport va mardona kurashning fahrli timsoli va tarafdori bo‘ling”, – deb bayonot bermoqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан