Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy bog‘ yaqinida 4 qavatli Prezident kutubxonasi quriladi
22.11.2021 22:03,  
77

Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. 

Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, O‘zbekiston Milliy bog‘i yaqinida Prezident kutubxonasi tarxlariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari bu majmualarni qurishda eng zamonaviy texnologiyadan foydalanish, bilimsevarlarga barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbekiston Milliy bog‘i yaqinida Prezident kutubxonasi qurilishi ham rejalashtirilgan. U 4 qavatli bo‘lishi, bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o‘quvchiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Kutubxonada 1 million 500 mingta kitob saqlanishi bilan birga elektron adabiyotlar, multimedia mahsulotlari ham bo‘ladi.

Taqdimotda Olimpiya shaharchasi loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан