Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev Kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi
28.09.2021 08:40,  
24

Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bugun Turizm va sport vazirligida O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

“Kamondan otish federatsiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev nomzodi taklif etilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi”, - deyilgan xabarda.

Jo‘rayev bildirilgan ishonch uchun ishtirokchilarga minnatdorchilik izhor etib, kamondan otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirishda barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан