Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy gvardiya xizmatchilari niqobi yo‘q fuqaroni bo‘g‘ib, xushidan ketkazdi
17.06.2020 21:33,  
2368

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi surxondaryolik tadbirkor Dovar Jo‘raqulovning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida niqobi yo‘qligi uchun Milliy gvardiya harbiylari unga nisbatan kuch qo‘llagani, uni bo‘g‘ib, xushidan ketkazgani haqidagi murojaati yuzasidan izoh berdi.

Ushbu holat yuzasidan Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xabar berishicha, joriy yilning 13 iyun kuni soat taxminan 15:00 larda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari M.Niyozov va A.Fayzullayevlar va viloyat IIB xodimlari hamkorlikda Sariosiyo tumanida karantin qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazayotgan vaqtda, Sariosiyo tumani “Lutfkor” mahallasida yashovchi 1995 y.t. Dovar Jo‘raqulov yuziga niqob taqmagan holda 2 nafar sheriklari bilan o‘zaro suhbatlashib turgan. Bu holatni ko‘rib hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya va viloyat IIB xodimlari tomonidan ularga karantin qoidalariga rioya qilish lozimligi tushuntirilib, ogohlantirilganda, fuqaro D.Jo‘raqulov xodimlarga o‘zini tanishtirishdan bosh tortgan, shu bilan birga qoidabuzarlik sodir etganligini tan olmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nisbatan qo‘pol muomalasi uchun tuman IIBga borishi tushuntirilganda esa faol jismoniy qarshilik ko‘rsatib, borishdan bosh tortgan.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya va viloyat IIB xodimlari tomonidan D.Jo‘raqulov avtobusga chiqarilmoqchi bo‘lganda, u qarshilik ko‘rsatishni davom ettirib, avtobus zinasiga yotib olgan. Shu payt uning otasi Muxammadi Rajabov kelib avtobus zinasida qarshilik qilayotgan o‘g‘lining oyog‘idan tortib avtobusdan tushirib olishga harakat qilgan va xodimlar bilan baland ovozda janjallashib, o‘g‘lini o‘zi bilan uyiga olib kirib ketgan.

Mazkur holat bo‘yicha Milliy gvardiya va IIB xodimlari Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limiga borib, mutasaddi rahbarlarga ma’lumot berib, ushbu fuqaroning xatti-harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishi so‘ralib, yozma murojaat qoldirilgan.

Hozirda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining bildirgisiga asosan, Sariosiyo tumani IIB xodimlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, D.Jo‘raqulovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga portal orqali qilgan murojaati yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari M.Niyozov va A.Fayzullayevlarning xatti-harakatlariga intizomiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан