Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy Gvardiya xodimi ayolni tayoq bilan urgani rostmi?
18.04.2021 09:31,  
484

Ijtimoiy tarmoqlarda farg‘onalik ayolning Milliy gvardiya xodimi tayoq bilan urganligi haqidagi videolavhasi tarqaldi. Xo‘sh, uning kaltaklangani rostmi, mazkur voqea qanday ro‘y bergandi?

aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida D.Umarova va N.Madrahimovalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) va 52-moddasining 2-qismi (qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish) bilan yuritilgan ma’muriy ish hujjatlari ko‘rib chiqildi.

Ish holatiga ko‘ra, D.Umarova 2020 yil 22 iyun kuni soat 20:00larda Toshloq tumani «Qanjirg‘a» mahalla fuqarolar yig‘inida D.Madrahimovni qonuniy turmush o‘rtog‘i N.Madrahimova bilan o‘zaro gap talashib qolgan. Sababi D.Umarova va D.Madrahimovlar ilgari shar’iy nikoh asosida yashagan.Ular bir-birlarini uyatli so‘zlar bilan so‘kib haqorat qiladi, janjallashib bir-birining tanasiga tan jarohati yetkazadi.

Ikki ayol o‘zaro yoqalashib turganida D.Madrahimovni akasi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi A.Madrahimov D.Umarovani ajratib olish paytida unga yengil tan jarohati yetkazadi.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida N.Madrahimovani o‘ng yelkasini oldingi yuzasini yuqorigi qismidagi qontalash, chap tirsak bo‘g‘imini ustki yuzasidagi, chap va o‘ng tizza bo‘g‘imlarini ustki yuzalaridagi shilinmalar aniqlanib, bu tan jarohatlari 6 kundan ko‘p davom etmaydigan yengil shikastlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan. D.Umarovada ham yengil shikastlar bo‘lgan hamda ekspertiza xulosasida ko‘rsatilgan. Qo‘shimcha sud tibbiy ekspertizasining 2021 yil 1 martdagi xulosasida D.Umarovani yuz sohasida ozgina seziladigan chandiq mavjud bo‘lib, chap ko‘z ostidagi yuzaki jarohatning bitganidan qolganligi va bu jarohat bitib ketadigan jarohatlar turkumiga kirishi, shuningdek, ushbu chandiq yuz assimetriyasiga va funksional o‘zgarishlarga sabab bo‘lmaganligi qayd etilgan.

Milliy Gvardiya «Dinamo» jismoniy tarbiya-sport jamiyatining 2020 yil 5 oktyabrdagi buyrug‘i bilan harbiy xizmatchi A.Madrahimov D.Umarovani haqorat qilib, unga qasddan yengil tan jarohati yetkazgani sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 16-moddasi tartibida «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Sud D.Umarovaning suddagi, N.Madrahimova, D.Madrahimov va A.Madrahimovlarning surishtiruvdagi ko‘rsatmalarini eshitib, yakuniy xulosaga keldi. Qaror bilan D.Umarova va N.Madrahimovani har biriga nisbatan yuqoridagi moddalar bilan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan jarima jazolari tayinladi. Huquqbuzarlarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 324 (1-3)-moddalari tartibida apellyasiya tartibida shikoyat qilish huquqlari borligi tushuntirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан