Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy gvardiya xodimlari o‘zining tomirlarini kesib yuborgan fuqaroga yordam berdi
11.08.2020 10:54,  
732

Joriy yilning 9 avgust kuni soat 8:20 lar chamasi Xorazm viloyati Urganch shahar bo‘ylab jamoat tartibini saqlash uchun patrullik xizmatiga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari xizmat yo‘nalishida bo‘lgan Xonqa ko‘chasida bir fuqaroning yo‘l chekkasida o‘tirgani va qo‘li qonga belanganini ko‘rib qolgan.

Milliy gvardiya xodimlari unga zudlik bilan birlamchi yordam ko‘rsatgan holda, tez tibbiy yordam mashinasi orqali shifoxonaga olib borishgan.

O‘rganish ishlari natijasida, ushbu fuqaro Urganch shahri Namangan ko‘chasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan L.A. ekanligi aniqlanib, qo‘l tomirini o‘zi kesganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Urganch shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан