Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy gvardiya xodimlariga uy ijarasi uchun oylik kompensatsiya to‘lanadi
10.03.2021 11:24,  
108
Mazkur qaror loyihasi «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan. Qaror loyihasi bilan Milliy gvardiya organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda. Nizomda Milliy gvardiya organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi to‘lash miqdori va tartibi batafsil yoritilgan.

Shuningdek, loyiha Milliy gvardiya organlari xodimlarining turar joylarni ijaraga olgani (ijarada turgani) uchun pullik kompensatsiya to‘lash tartibini belgilovchi huquqiy asos yaratilishiga, bundan tashqari, Milliy gvardiya organlari xodimlarini ijtimoiy jihatdan himoya qilish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Qaror davlat byudjetidan qo‘shimcha ravishda bir yilda 782 million so‘m mablag‘ ajratilishini talab etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан