Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy gvardiyada Xitoyning O‘zbekistondagi harbiy attashesi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
28.09.2020 15:57,  
182

Kuni kecha Milliy gvardiyaning xalqaro hamkorligi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi harbiy attashesi katta polkovnik Syuy Chanchji va uning yordamchisi polkovnik Du Xundelar bilan ishchi uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan ikki tomonlama strategik sherikchilik munosabatlari barcha sohalarda rivojlanib borayotganligi ta’kidlanib, davlatlarning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida bir-biriga mos siyosiy qarashlarga ega ekanligi, mamlakatlarning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, «Bir makon, bir yo‘l» tashabbuslari doirasida yuqori darajadagi o‘zaro sherikchilik aloqalariga hamohang ravishda Milliy gvardiya va Xitoy Xalq qurollangan militsiyasi o‘rtasida harbiy va harbiy-texnik sohalarda yaqin hamkorlik o‘rnatilganligi aytildi.

Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan ishchi uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashdi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Xitoy Xalq qurollangan militsiyasi harbiy xizmatchilari bilan birgalikda qo‘shma o‘quvlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashinuv tashriflarini tashkil etish, harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-o‘quv faoliyati sohasida hamkorlikni kengaytirish hamda sport va madaniy tadbirlarni ishlab chiqish tashabbusi bildirildi.

Shuningdek, XXRning O‘zbekistondagi harbiy attashesi katta polkovnik Syuy Chanchji Xitoy Xalq Qurollangan militsiyasi bosh qo‘mondoni general-polkovnik Van Nin nomidan Xalq Qurollangan militsiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrigi uchun Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Jo‘rayev nomiga minnatdorchilikni yetkazdi. Xitoy harbiy attashesi Milliy gvardiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berishini aytib, o‘rnatilgan do‘stona aloqalarini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlash uchun tayyor ekanligini ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан