Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy Gvardiyaga yangi qo‘mondon tayinlandi. IIVda vazir o‘rinbosari o‘zgardi
16.03.2020 18:20,  
1960

O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, polkovnik Toshpo‘latov Aziz Anvarovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Toshpo‘latov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

General-mayor Sobirov Shuxratjon O‘rinboyevich esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh.Sobirov, Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan polkovnik Tasbayev  Azat Damirovich esa Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, general-mayor Jo‘rayev Rustam Mirzayevich O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан