Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy o‘zlikni anglash deb ko‘p gapiramiz. Lekin shunga munosib bo‘lyapmizmi, degan tuyg‘u meni qiynaydi - Shavkat Mirziyoyev
29.01.2021 22:32,  
168

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Bugungi kunda bino to‘liq qad ko‘targan. Uning markazida ulkan sharqona gumbaz, to‘rt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurilgan.Davlatimiz rahbari har bir yo‘lak va xonaga kirib, ularni pardozlash va jihozlashga oid loyihalarni ko‘rdi.Markazning ichki va tashqi ko‘rinishi, naqshlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Xonalarni ko‘plab sayyohlar, delegasiyalar kelishi, xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishini inobatga olib zamonaviy jihozlash, ekspozisiyani turli yoshdagi insonlarga mos holda tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.Prezidentimiz avvalgi tashrifi chog‘ida Islom sivilizasiyasi markazi shu yo‘nalishdagi ilmiy muassasalar uchun negiz bo‘lishi, bu yerda olimlar tadqiqot olib borib, talabalar bilimini mustahkamlashi kerakligini aytgan edi.

Shunga ko‘ra, loyiha takomillashtirilib, markazda Xalqaro islom akademiyasining magistrant va doktorantlari o‘qishi uchun sharoit yaratish nazarda tutilgan.Markazning interyer va eksteryer bezagi, jihozlanishi, kommunikasiya, xavfsizlik tizimlari eng ilg‘or talablarga javob beradi. Davlatimiz rahbari shu yerda olimlar, ziyolilar, nuroniylar va mahalla raislari bilan suhbatlashdi.

-Milliy o‘zlikni anglash deb ko‘p gapiramiz. Lekin shunga munosib bo‘lyapmizmi, degan tuyg‘u meni qiynaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Ota-bobolarimiz qiyin sharoitlarda, mehnat-mashaqqat bilan qanday buyuk ishlarni amalga oshirgan. Jadid bobolarimizni ham bekorga qatag‘on qilishmagan. Chunki bilishardiki, ilm, g‘urur, davlatchilik bizning qonimizda bor. Bu yerda hamma buyuk allomalarimizning ovozi eshitilib turadi.

Markaz joylashgan Olmazor tumanidagi har bir mahalla ushbu ma’rifat maskaniga munosib bo‘lishi, bilim, tarbiya jihatidan takliflarini berishi zarurligi ta’kidlandi.

-Shuni amalga oshirsak, har bir mahallaga Islom sivilizasiyasi markazining nuri kiradi, yuzimiz yorug‘ bo‘ladi, – dedi Prezident.

Markaz qurilishi davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан