Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Milliy tiklanish” partiyasi Kabul Dusovdan voz kechdi
18.10.2019 12:34,  
880

"Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati K.Dusovning OAVlar, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlardagi chiqishlarida partiya Ustavi, partiyaning maqsad va vazifalariga, obro‘siga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatib, ko‘plab partiya a’zolarining haqli e’tirozlarini keltirib chiqargani hamda K.Dusovning partiya a’zoligidan chiqish haqidagi fikrlarini inobatga olib, 2019 yil 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan partiyaning navbatdagi S’yezdida e’lon qilinadigan xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatligiga ko‘rsatiladigan nomzodlar tarkibidan chiqarilishini ma’lum qilamiz" deyiladi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bayonotida.

"Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati tomonidan partiya rahbari nomiga aytilgan asossiz, bo‘htonlar deputatning shaxsiga baho berish uchun keng jamoatchilikka yetarli ekanini inobatga olib, partiya ushbu masalani muhokama uchun mavzu emas, deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 40-41 moddalariga muvofiq, sudga murojaat qilish uchun barcha dalil va asoslar mavjudligiga qaramay partiya rahbari ushbu huquqdan foydalanmaslikni maqsadga muvofiq, deb hisoblaganini ma’lum qilamiz" deyiladi partiya Markaziy kengashi Axborot xizmati tarqatgan xabarda.
.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан