Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Milliy tiklanish" partiyasidan chiqarilgan deputat boshqa partiyaga a’zo bo‘lganini ma’lum qildi
10.01.2021 09:48,  
417

     Qobul Dusov O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasiga a’zo bo‘ldi. Bu haqida u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi. "O‘zbekiston Xalq Demokratik  Partiyasi elektorati bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi koriga yarash, ularni ham ma’nan, ham moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu partiya safida bo‘lishni niyat qildim... Qolaversa ushbu partiya a’zolarining aksariyat qismi xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi vakillari ekani ham meni quvontirdi. Bugungi kunda men davom ettirayotgan ta’limning keyingi bosqichidagi mavzuim ham aynan shu haqida. ( Ya’ni ilmiy ishim mavzusi)  O‘zXDP rahbariyatining samimiy tilaklari uchun tashakkurlarimni izhor etaman!  
Yurtimiz, millatimiz kelajagi va ravnaqi yo‘lida bor imkoniyatimni ishga solishga so‘z beraman! Men O‘zbekiston XDP a’zosi bo‘ldim", - deb yozib qoldirgan Dusov.
   Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning oktyabr oyida "Milliy tiklanish" partiyasi deputati bo‘lgan Qobul Dusovning deputatlik vakolati muddatidan avval to‘xtatilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан