Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Miltiq binoklidan qizni tomosha qilgan qashqadaryolik ovchi uni otib qo‘ydi
10.06.2020 08:48,  
2545

6 iyun kuni soat 21.00 larda Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro Q.S.  o‘rtoqlari bilan birga Yakkabog‘ tumanida joylashgan, fuqaro J.M. ga qarashli “Fish bryeyeding” fermer xo‘jaligining baliq yetishtiriladigan ko‘liga borgan. U yerda “Gamo” rusumli pnevmatik miltiqdan ko‘ldagi o‘rdaklarni ovlash maqsadida o‘q uzib, so‘ng spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

Mast holatda 50 metr uzoqlikdagi ko‘l bo‘yida joylashgan dala shiyponi oldida turgan, unga oldindan tanish bo‘lmagan fuqaro Ch.S. ni miltiq binoklidan kuzatmoqchi bo‘lib, bezorilik oqibatida miltiqni u tomonga qaratgan vaqtida tepkini bosib yuborishi natijasida, miltiqning qo‘rg‘oshinli o‘qi fuqaro S.Ch. ning o‘ng yelkasiga borib tekkan va unga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan shikasti yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Q.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан