Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mingbuloqda 1 mlrd so‘m imtiyozli kredit noqonuniy o‘zlashtirilgan
11.03.2021 15:46,  
534

Prokratura departamentining xabariga ko‘ra, Mingbuloq tumanida 1 mlrd so‘m imtiyozli kreditni noqonuniy o‘zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G” MChJ  rahbari I.D. va boshqalar oldindan til biriktirib,  bank muassasasidan avtomobillarga texnik va maishiy xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish uchun ajratilgan 1 mlrd so‘m imtiyozli kreditni soxta hujjatlarni tuzish orqali kredit mablag‘ini naqdlashtirishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.D. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан