Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Abu-Dabi Amirligi valiahdi bilan telefonda muloqot qildi
11.03.2021 17:22,  
50

Prezident matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Abu-Dabi valiahdini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, do‘st Amirliklar xalqiga farovonlik, muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.

Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

2019 yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.

Energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, moliya, infratuzilma yo‘nalishlarida yirik qo‘shma loyihalarni, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi qator muhim dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish muhim ekan ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан