Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Andijonga kelishdan maqsadi nima ekanini aytdi
17.06.2021 17:28,  
706

Prezident Izboskan tumanidagi “Rustamjon Zamin rivoji” fermer xo‘jaligi dalasida viloyat fermerlari, yoshlar vakillari bilan muloqot qildi.

“Bugun Andijonga kelishimdan maqsad odamlar islohotlarning foydasini sezyaptimi, ro‘zg‘orida o‘zgarish bo‘ldimi, xalqni rozi qilish uchun yana nimalar qilish kerak, degan savollarga javob topish, - dedi prezident. - Yurib ko‘ryapman, albatta, o‘zgarish bor. Lekin bu bizni qoniqtirmaydi. Yanada ko‘proq ishchi joylar, mahallalarda sharoitlar qilishimiz kerak”.

Uchrashuvda qishloqlarda sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xonadonlarda parrandachilik, tomorqachilikni kengaytirish masalalari haqida so‘z bordi. Prezident islohotlarning kuchi mahallada ekanini ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан