Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan epidemiologik vaziyat xususida fikr almashdi
6.05.2020 13:53,  
520

Bugun, 6 may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari savdo, energetika, transport va tranzit, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani va samarali idoralararo aloqalar yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Hamkorlikka oid ustuvor loyihalarni, shu jumladan ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida ilgari surish maqsadida birgalikdagi sa’y-harakatlarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Muloqotda, shuningdek, mamlakatimizda Sardoba suv omboridagi favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat xususida ham fikr almashildi.

Ushbu xavfli kasallikning oldini olish, shuningdek, bugungi murakkab davrda milliy iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash borasida birodar mamlakatlarimizda ko‘rilayotgan choralar to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Prezidentlar tegishli vazirlik va idoralarga virusga qarshi samarali kurashni tashkil etish masalalarida o‘zaro muvofiqlashuv va hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka oid qator dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан