Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
29.06.2020 18:24,  
104

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta zafarlar tiladi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov rahbarligida zamonaviy Turkmaniston yuksak muvaffaqiyatlarga erishgani – barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanayotgani, xalqaro maydondagi nufuzi muttasil ortib borayotgani alohida qayd etildi.

Telefon muloqoti chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarlari chegeraoldi hududlar o‘rtasidagi faol aloqalarni davom ettirish, shuningdek, ta’lim va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish fikrini qo‘llab-quvvatladi.

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya doirasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан