Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
26.02.2020 16:25,  
232

Bugun, 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat va yangi zafarlar, do‘st Turkiya xalqiga esa farovonlik tiladi.

MAVZUGA DOIR: Mirziyoyev va Erdog‘an qanday masalalarni muhokama qilishdi?

Prezident Rajab Toyyib Erdog‘anning mamlakatni barqaror rivojlantirish, xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi tarixiy o‘rni alohida qayd etildi. Davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi yuksak baholandi.

Shuningdek, prezidentlar shu oy Turkiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

MAVZUGA DOIR: Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning eng katta kutubxonasi bilan tanishdi (fotogalereya)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан