Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi
7.10.2019 13:17,  
594

Shavkat Mirziyoyev kuni-kecha ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi, xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, MDH a’zolari bilan intellektual mulk ob’yektlariga huquqni himoya qilish sohasida bojxona organlarining o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi hujjat qabul qilindi. U joriy yil 31 may kuni Ashhobodda bo‘lib o‘tgan MDH a’zo-davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangandi.

Mazkur shartnomaning respublikada joriy etilishida vakolatli organ etib O‘zbekiston Davlat Bojxona qo‘mitasi belgilandi. Shartnoma MDH mamlakatlari bojxona xizmatlariga kontrafakt mahsulotlarni aniqlashda o‘zaro axborot almashinuviga asos va ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, qayd etilgan turdagi mahsulotlarning aylanmasiga samarali tarzda qarshi kurashishga imkon yaratadi.

Shartnoma Hamdo‘stlik hududidagi o‘zaro savdo tizimida intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni yuqori darajadagi himoyalanishini ta’minlaydi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus hukumatlari o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ham tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан