Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev kelasi hafta Imron Xon bilan muhim masalalarni muhokama qiladi
11.04.2021 19:44,  
216

Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon 14 aprel kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, tadbir kun tartibidan ikki tomonlama amaliy sheriklik va mintaqaviy hamkorlik masalalari o‘rin olgan. Asosiy e’tibor Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, ikki mamlakatning yetakchi korxona va kompaniyalari o‘rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish, aviaqatnovlarni tiklash, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga qaratiladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqadi. Sammit yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va ta’lim sohalariga oid qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан