Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Namangan shahrida Davlatobod tumanini qayta tashkil etishni taklif qildi
27.06.2020 17:20,  
235

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Namangan shahrida viloyat va tuman hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Namangan viloyatida kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasb-hunarga qamrab olish va aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha hozirgi ahvol puxta tahlil qilinib, amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati nufusi yildan-yilga kengayib bormoqda. Bu esa hududni demografik boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini qayta tashkil etishni taklif qildi.

– Namanganning faol, mehnatkash, ilmli xalqi yaxshi yashashga munosib. Buning uchun davlatimiz barcha imkoniyatlarni ishga soladi, – dedi pirovardida Shavkat Mirziyoyev.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, iqtisodiyot tarmoqlari mutasaddilari, hokimlar hisoboti eshitildi.​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан