Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Namangan temir yo‘l vokzalini borib ko‘rdi
27.06.2020 18:28,  
199

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan temir yo‘l vokzalida amalga oshirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Mahalliy aholi va xorijlik sayyohlarga temir yo‘l transporti xizmatini ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida vokzalda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati, korxona o‘z mablag‘i va O‘zmilliy bank kredit mablag‘larini yo‘naltirgan holda 24 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari bajarildi.

Vokzaldagi kutish va komfort zallari, bufet, tibbiyot punkti, ona va bola xonasi, elektron ma’lumotlar markazi, kutubxona, milliy sovg‘alar, gazeta-jurnallar shoxobchasi, yuklarni vaqtinchalik saqlash xizmati kabi barcha bo‘limlar zamonaviy andozalarda tashkil etildi. Bundan tashqari, majmuaga qo‘shimcha ravishda o‘ttiz uch o‘rinli mehmonxona qurib bitkazildi.

Ushbu ishlar natijasida Namangan temir yo‘l vokzali zamonaviy qiyofa kasb etib, bir vaqtning o‘zida 250 nafar, sutkasiga 2,5 ming nafar yo‘lovchiga zamonaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Vokzal Farg‘ona vodiysi halqa temir yo‘li bo‘ylab tezkor elektropoyezdlar qatnovida vodiy shaharlari va mamlakatimizning boshqa hududlari bilan transport bog‘lanishida muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi yakunlanib, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан