Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Namanganda forel va losos baliqlarini yetishtirayotgan korxonaga bordi (foto)
26.06.2020 18:13,  
965

Shavkat Mirziyoyev Uchqo‘rg‘on tumani Norin daryosi bo‘yida joylashgan noyob baliq turlarini ishlab chiqarish korxonasi - “DB Group Eco” faoliyati bilan tanishdi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, respublikada jami 4000 ga yaqin baliqchilik xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yiliga 190 ming tonna ushbu inson organizmi uchun foydali mahsulot yetishtirilyapti.

Mamlakatimiz hududlarida intensiv usulda baliq parvarishlash korxonalari soni ham ortib bormoqda.  Jumladan, 2019 yilda Namangan viloyatida baliq yetishtirish 6 ming 932 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilga kelib bu ko‘rsatkich 20 ming tonnaga yetishi kutilmoqda.

Foto: president.uz

2018 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu viloyatga tashrifi davomida loyiha sifatida taqdimot qilingan “DB Group Eco” korxonasi 2019 yilda o‘z faoliyatini boshladi. Amalga oshirilgan loyiha qiymati 40 milliard so‘m bo‘lib, shundan 28 milliardi bank krediti, 12,5 milliardi esa loyiha tashabbuskori mablag‘idir.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1500 tonna baliq mahsulotini tashkil qiladi.

Bu yerda Yevropa tajribasiga asoslangan holda baliqning noyob turlari, forel va losos baliqlarini intensiv usulda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Baliq uvildiriqlari va ozuqasi Daniya va Germaniyadan keltiriladi.

Asosan chuchuk  va kislorodga to‘yingan suvlarda yashaydigan, sovuqsevar ushbu baliq turlarini yetishtirish uchun korxona hovuzlariga suv Norin daryosining o‘zidan quyiladi va suv aylanma oqim bilan yana daryoning o‘ziga qaytadi. Bunda ortiqcha suv va energiya resursi sarflanmaydi.

Foto: president.uz

Baliq uvildiriqdan to tovar holatiga yetguniga qadar 1-1,5 yil vaqt davomida parvarishlanadi. Korxona tasarrufidagi 5 gektar joyda uvildiriq va chavoqlar yetishtirish uchun yopiq suv havzalari hamda 66 ta ochiq hovuzlar barpo etilgan. 100 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona to‘liq ishga tushgach, 2000 tonna baliq chavog‘i yetishtirish imkoniga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda forel muzlatilgan holda, shuningdek, sovuq va issiq dudlangan, file va kam tuzlangan holatda ichki bozorga chiqarilmoqda.

- Aholi uchun bunday noyob baliq turlari hamyonbop bo‘lishi kerak. Buning uchun esa baliqning ozuqa-yemini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish zarur. Tannarx tushsagina bozori chaqqon bo‘ladi, odamlar dasturxoniga baliq yetib boradi, tadbirkor uchun ham foyda ikki hissaga ortadi, - dedi davlat rahbari.

Mutaxassislar forelni xonbaliq deb atashadi, u fosfor, omega-3 va omega-6 kabi yog‘ kislotalariga boy. Uning iste’moli insonda qon-tomir va asab kasalliklari, xotira susayishi kabi xastaliklarning oldini oladi. Shu sababdan forel mahsulotlariga nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham talab katta. Korxona yil so‘nggiga qadar Singapur va Rossiyaga 300 tonna baliq eksport qilishni rejalashtirgan.

Foto: president.uz

Prezidentimiz bunday korxonalarning qurilish loyihalarida baliq yetishtirishning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olib, jiddiy yondashish lozimligini ta’kidladi. Viloyatning Uchqo‘rg‘on, Mingbuloq, Uychi, Pop va Norin tumanlarida 299 milliard so‘m qiymatga ega 75 ta yangi loyiha amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан