Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident non tannarxini tushirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
8.11.2019 17:38,  
853

Shavkat Mirziyoyev non ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. Bu haqda davlat rahbari 7 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektorda alohida to‘xtalib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasining 14 oktyabrdagi qarori bilan g‘alla yetishtirish, un va non ishlab chiqarish tizimida bozor mexanizmlari joriy etilgan edi. 15 oktyabrdan boshlab un va bug‘doyning narxlari erkinlashtirildi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir nafaqa oluvchiga oyiga 50 ming so‘mdan kompensatsiya to‘lanmoqda.

Xabarda aytilishicha, qolipli non bilan kafolatli ta’minlash uchun yetarli resurs zaxirasi yaratilib, un ishlab chiqarishning oylik hajmi O‘zbekistonda 122 mingdan 142 ming tonnaga oshirildi. Bugungi kunda Toshkentda 1 kilogramm un birjada 2300—2400 so‘mdan sotilayotgan bo‘lsa, chakana savdoda qolipli non narxi 1500—1700 so‘mni tashkil qilmoqda.

Yig‘ilishda ayrim viloyatlarda nonning narxi nisbatan yuqoriligicha qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuning uchun, Toshkent tajribasidan kelib chiqib, barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga unni birja savdosida sotilishidan boshlab, nonni chakana savdoda sotilishigacha bo‘lgan jarayonni har kuni tahlil qilib, aholining nonga bo‘lgan kunlik ehtiyojini to‘liq ta’minlab borish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Joylarda non ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qo‘llash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga kompensatsiya pullarini o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, tog‘li va olis hududlarda qish mavsumiga un va boshqa oziq-ovqat zaxirasi yaratish lozimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан