Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga koronavirusga chalingani munosabati bilan maktub yo‘lladi
19.06.2020 10:07,  
214

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyevga maktub yo‘lladi:

Qozog‘iston Respublikasi
Birinchi Prezidenti – Elboshi
Nursulton Nazarboyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Nursulton Abishevich!

Sizning koronavirus kasalligiga chalinganingiz to‘g‘risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim.

Hayotingizdagi ushbu sinovli va murakkab paytlarda biz uchun hamisha cheksiz ehtiromga sazovor bo‘lib kelgan Siz, aziz og‘amni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimni va yaqin ko‘makdosh ekanligimni yana bir bor chin qalbdan ma’lum etmoqchiman.

Hech shubhasiz, qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, shifo topishingizga va tuzalib ketishingizga ishonchim komildir.

Qadrli Nursulton Abishevich, Sizga Qodir Allohdan mustahkam sihat-salomatlik, kuch-quvvat, uzoq umr va yangi zafarlar ato qilishini so‘rab qolaman.

Tez orada Siz bilan diydor ko‘rishish baxtiga muyassarlik nasib etishiga umid qilaman.

Hurmat bilan,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Shavkat Mirziyoyev

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан