Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Putinni Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi
2.07.2020 14:52,  
211

Bugun, 2 iyul kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

«Suhbat avvalida Mirziyoyev Putinni muhim siyosiy tadbir – Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha umummilliy ovoz berish jarayoni muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi» - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Rossiyaliklarning katta qismi "Putin konstitutsiyasi" ni qo‘llab-quvvatlaydi

Prezidentlar yaqinda Moskva shahrida o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida qat’iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladi. 

Muloqot chog‘ida xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан