Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev rossiyalik xokkeychilarga Toshkent markazidan uy sovg‘a qildi
17.02.2020 17:39,  
1060

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, 4 nafar rossiyalik xokkeychilarga Toshkentdan kvartira sovg‘a qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

2019 yil mart oyida Toshkentda O‘zbekistonda ilk bor 12,5 ming kishiga mo‘ljallangan Humo Arena muz saroyi ochilgan edi. Arenaning ochilishida qatnashgan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xokkeyni targ‘ib qilish va rivojlantirish maqsadida Toshkent shahar hokimiga rossiyalik mashhur xokkeychilar uchun uy-joy berish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 

"Bugun Prezidentning topshirig‘iga ko‘ra, dunyoga mashhur xokkeychilarga kvartira sertifikatini topshiryapmiz. Ular O‘zbekistonga o‘z uylariga kelgandek kelib, o‘z malakalarini o‘rgatadilar, tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar", - dedi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Toshkent markazidagi nufuzli uy-joy kompleksidan kvartira olganlar ichida Valeriy Kamenskiy, Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov va Aleksey Jamnov bor.

"Har doim Toshkentga kelishdan mamnunmiz. Bu yerda xokkey sportini rivojlantirish uchun uzoq muddatli rejamiz bor. Buni amalga oshirishda qo‘ldan kelgan barcha yordamni beramiz", - dedi Kamenskiy.

Dushanba kuni kechqurun Humo Arena saroyida O‘zbekiston xokkey federatsiyasi va mashhur xokkeychilar jamlangan "O‘zbekiston do‘stlari" o‘rtasida bahs o‘tkaziladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан