Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibini qabul qildi
5.10.2019 15:01,  
56

4 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dat Amreyevni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Bag‘dat Amreyev Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi va Investitsiya forumida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston 14 sentyabr kuni 2009 yil 3 oktyabrda imzolangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini ratifikatsiya qildi hamda tashkilotning joriy yil 15 oktyabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan yettinchi sammitida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etadi.

O‘zbekiston va Turkiy kengash mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til, ma’naviyat mushtarakligi, balki an’anaviy do‘stlik va uzaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Turkiy kengashning birinchi navbatda savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, turizm, madaniy-gumanitar almashinuvlar kabi dolzarb yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi samarali mintaqaviy tuzilma sifatidagi salohiyatiga yuksak baho berildi.

Turkiy kengash bosh kotibi O‘zbekiston Kengashga to‘la huquqli a’zo sifatida kirishi bilan samimiy tabrikladi. O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi tashkilot doirasida samarali ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada jadal rivojlantirishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Xuddi shu kuni Shavkat Mirziyoyev mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari raisi Mustafo Rifat Hisorjiqli o‘g‘lini qabul qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан