Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Toshkent viloyatida IESni ishga tushirdi (foto)
30.03.2022 08:59,  
160

Kecha, 29 mart kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning O‘zbekistonga tashrifi doirasida yana bir muhim voqea – Toshkent viloyatida zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirish hamda Sirdaryo viloyatida shunday stansiya qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu loyihalar Turkiyaning "Cengiz Enerji" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev marosimda nutq so‘zlar ekan, loyihalarning ahamiyatiga to‘xtalgan, ushbu majmualar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik samaralarining yorqin ifodasi ekanini ta’kidlagan.

Oxirgi bir yilning o‘zida turkiyalik kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun juda muhim bo‘lgan 5 ta yirik energetika loyihalari amalga oshilgani alohida qayd etilgan

Xususan, ushbu stansiyalarning umumiy quvvati bugungi loyihalar bilan qo‘shib hisoblaganda 1,4 ming megavattga yetishi aytiladi.

O‘zbekiston energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish natijasida 2026 yilgacha davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy qiymati 12 milliard dollarlik 29 ta loyiha ishga tushirilishi ta’kidlandi. Ular qo‘shimcha 71 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini yaratadi, yiliga 12 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

"Davlatimiz rahbari elektr stansiyasini bunyod etishda qatnashgan muhandis va quruvchilarga minnatdorlik bildirdi. So‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an ramziy tugmani bosib, Qibray tumanidagi issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirdi va Xovos tumanidagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdilar",-deyiladi Prezident matbuot kotibi xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, Qibraydagi IES quvvati 240 megavatt bo‘lib, yiliga 2 milliard kilovatt-soat energiya ishlab chiqaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан